JSSTda koronavirus sababli kiritilgan global favqulodda vaziyat kuchda qolishi aytildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holda kiritilgan global favqulodda vaziyat rejimini kuchda qoldirdi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus Jyenevadagi brifingda ma'lum qildi.
“Pandemiya sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatligicha qoladi”, deb aytgan Gebreyyesus JSSTning favqulodda vaziyat bo‘yicha qo‘mitasining 30 aprelda o‘tgan yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra.
Bosh direktorning ta'kidlashicha, pandemiya o‘zidan hali ham jahon darajasidagi favqulodda vaziyatni aks ettirishi borasidagi xulosa 18 ekspert va 13 maslahatchidan iborat qo‘mita yig‘ilishida bir ovozdan chiqarilgan. “Biz JSST qo‘mitasi tomonidan koronavirusga qarshi global javob berishda JSSTning davlatlar va sheriklar bilan hamkorlikda yetakchi va muvofiqlashtiruvchi roli davom etishi kerakligiga bildirgan ishonchini qadrlaymiz”, deb aytgan Gebreyyesus.
Qo‘mita bergan tavsiyalar orasida pandemiya oldida ojiz bo‘lgan davlatlarga yordam berishni davom ettirish, koronavirusga qarshi kurashdagi tajribani to‘plash bo‘yicha mexanizmni yaratish, tibbiy xodimlarni himoya vositalari bilan adolatli ta'minlash bo‘yicha ishni davom ettirish, koronavirusni davolash, epidemiologiya va vaksinatsiya sohasidagi jahon espertlar hamjamiyati sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish kabilar bor.
JSST rahbari qo‘mitaning keyingi yig‘ilishini 90 kundan keyin yoki “zarurat bo‘lsa, oldinroq” chaqirtirmoqchi. Qo‘mitaning avvalgi yig‘ilishi Jyenevada 30 yanvarda bo‘lib o‘tgandi. Uning tavsiyalariga ko‘ra Gebreyyesus koronavirus avj olishini xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024