Jahon | 21:35 / 20.05.2020
20750
1 daqiqa o‘qiladi

Quyoshda qizigan avtomobil koronavirus uchun «o‘lim kamerasi»ga aylanishi ma'lum qilindi 

Forbes nashri AQShning Jorjiya universiteti mutaxassislari tadqiqotiga tayanib, quyoshda qizigan avtomobil koronavirus shtammlari uchun “o‘lim kamerasi”ga aylanishini ma'lum qildi. Shu jihatdan u juda samarador hisoblanadi hamda sarf-xarajatlar talab qilmaydi.

Foto: Valeriy Melnikov / RIA Novosti

Nashrda ta'kidlanishicha, koronavirus mavjud bo‘lgan sirt yoki gazsimon muhit 55 darajagacha qiziganda, virus unda 20 daqiqa ichida 99,99 foizga, agar harorat 65 darajagacha oshsa, 5 daqiqada o‘ladi.

Atrof-muhit harorati Tselsiy bo‘yicha 27 daraja bo‘lganda avtomobil saloni taxminan bir soatda 50 darajagacha qiziydi. Avtomobil tashqarisida harorat qanchalik yuqori bo‘lsa, uning salonidagi harorat ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Salondagi harorat mashina quyoshda qanchalik uzoq qolishiga ham bog‘liq. 

Tadqiqotga ko‘ra, avtomobilda quyoshli kunda qolib ketgan himoya niqobi yoki qo‘lqop uchun qayg‘urmasa ham bo‘ladi, chunki salondagi virus yuqori harorat bilan yo‘q qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu himoya vositalarini mashinaning quyosh yaxshi tushadigan qismlari - asboblar panelida, old o‘rindiqda yoki orqadagi tokchada qoldirgan ma'qulroq bo‘ladi.    

Mavzuga oid