Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada iyuldan turistlar uchun karantin bekor qilinadi
Ispaniyada 1 iyuldan turistlar uchun 2 haftalik majburiy karantin bekor qilinadi. Mamlakat hukumati xorijiy mehmonlar o‘zlarini xavfsiz his qilishlari uchun barcha choralarni ko‘rishga va'da bergan.
Bu haqda Ispaniya hukumati bayonotiga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Amaldagi qoidalarga ko‘ra, koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida mamlakatga keluvchi barcha kishilar 14 kunlik karantindan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan.
Ispaniya pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlardan biri bo‘ldi. Mart o‘rtalarida mamlakatda aholining harakatlanishini cheklovchi yuqori tayyorgarlik rejimi kiritilgandi. 2 maydan boshlab esa Ispaniyada cheklovlarni yengillashtirish boshlanib, odamlarga sayr qilgani va sport bilan shug‘ullangani ko‘chalarga chiqishga ruxsat berilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada pandemiya davomida 235 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 28 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
00:04 / 20.05.2026