Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston chempionati 5 iyundan davom ettiriladi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 5 iyundan davom ettiriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarorida ma'lum qilingan.
«Futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi», deyilgan komissiya qarorida.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati tasdiqlangach, sport musobaqalari ham to‘xtatilgandi. Superliga bahslari endi 4-turdan davom etadi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.05.2026
Superliganing eng qimmat futbolchilari reytingi tuzildi
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
22:14 / 29.04.2026
Superliga. «Paxtakor» ochko yo‘qotdi, «Neftchi» yana peshqadam bo‘lib oldi
17:43 / 25.04.2026