Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgeodezkadastr»: Sardoba toshqini oqibatida 1640ta uy to‘liq buzilgan
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi «Sardoba» suv omborida ro‘y bergan favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda tizimda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma'lumot berdi.
Qo‘mita axborot xizmati rahbari Ne'matjon Atamuratov AOKAda o‘tkazilgan brifingda bergan ma'lumotlarga ko‘ra, hududiy yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi mutaxassislari tomonidan suv bosgan hududlardagi turar va noturar ko‘chmas mulk obektlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan.
Natijada, 10ta mahalla fuqarolar yig‘inining 22ta aholi punktida kadastr bahosi 254 milliard 652 million so‘mni tashkil etadigan jami 5 ming 388ta turar joy va kadastr bahosi 14 milliard 584 million so‘mni tashkil etadigan jami 133ta noturar joy obektlari zararlangani aniqlandi.
Shulardan:
- 1691tasi yakka tartibdagi uy joy;
- 2038tasi beton-panelli turar joylar;
- 1014tasi ko‘p qavatli xonadon;
- 147tasi Namunaviy loyihadagi uylar;
- 455tasi qurilishi tugallanmagan uy joy va bo‘sh yer uchastkalari bo‘lgan.
To‘liq buzilgan uylar soni 1640tani, ta'mirtalab uylar soni esa 3003tani tashkil etadi.
Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tuman Yermulkkadastr filiallari tomonidan suv toshqinidan zarar ko‘rgan uylarning 3 709ta kadastr hujjatlari dublikatlari 2 kun ichida bepul tayyorlab berilgan.
108ta fermer va qishloq xo‘jalik korxonalarining 16 525 gektar yerlari zararlangan.
Jumladan:
- 9704 gektar chigit;
- 6821 gektar g‘alla;
- 231 gektar sabzavot;
- 1095 gektar poliz;
- 14 gektar kartoshka;
- 154 gektar bog‘ va 83 gektar bog‘ oralariga ekilgan sabzavot ekinlari suv ostida qolib yaroqsiz holatga kelgan.
Talafotdan zarar ko‘rgan fuqarolarning turar joy bilan ta'minlash maqsadida yangi 66ta ko‘p qavatli uy quriladigan Do‘stlik, Navbahor va Xaqiqat massivlaridagi yer maydonlariga aniqlik kiritilgan va tanlangan.
Mazkur 66ta ko‘p qavatli uylar 2 640ta xonadondan iborat bo‘lib, ushbu xonadonlarning kadastr hujjatlari «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi tomonidan homiylik hisobida tayyorlab fuqarolarga berilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022