Jahon | 22:50 / 08.06.2020
12855
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik uyi oldidagi maysani bosgan bosh vazirga tanbeh berdi (video)

Avstraliyaning Gugong shahrida mamlakat bosh vaziri Skott Morrison bilan bog‘liq qiziq voqea yuz berdi. 

Videodan kadr

Morrison hukumat yangi uy quradigan yoki eskilarini ta'mirlaydigan fuqarolarga 25 ming Avstraliya dollari (17,5 ming dollar) miqdorida grant taklif qilmoqchiligini e'lon qilish uchun aholi yashaydigan hududlardan birida jurnalistlar bilan uchrashgan.

Bosh vazirning chiqishi jonli efirda uzatilgan. Morrison jurnalistlar bilan muloqot qilayotgan vaqtda kadr ortidan erkak kishining norozi ovozi eshitilgan. Gap shundaki, voqea vaqtida Morrison va jurnalistlar uylardan biri oldida ekilgan maysa ustida turishgan bo‘lgan. 

“Maysadan keta olasizmi, iltimos? Hoy yigitlar, men yaqindagina bu yerga maysa ekdim”, deb aytgan erkak uyidan ko‘chaga chiqib. 

Shunda bosh vazir uzr so‘rab, orqaga bir nechta qadam tashlab, maysa ustidan ketgan. U, shuningdek, jurnalistlardan ham maysadan ketishni so‘rab, matbuot anjumanni davom ettirgan.

Foydalanuvchilar avstraliyaliklar yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan ham bemalol gaplasha olishlariga tahsin aytishgan. Shuningdek, odamlarni bu holatda bosh vazirning o‘zini oddiy insonlarga xos tarzda tutishi ham ajablantirgan.

Mavzuga oid