O‘zbekiston | 16:51 / 10.06.2020
22704
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3500dan oshdi

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3504 nafarga yetdi.

 Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 29 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidan 1 nafardan bo‘lsa, 3 nafari Farg‘ona va Namangan  viloyatidan, 2 nafardan Samarqand va Andijon viloyatlaridan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda,kichigi esa 28 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan esa 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 28 yoshli 1 nafar poytaxtlik ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1572 nafar tashkil qilmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3504 nafarga yetdi.

Mavzuga oid