Iqtisodiyot | 14:14 / 11.06.2020
8731
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qoldi.

Foto: Markaziy bank

MB xabarida aytilishcha, ushbu qaror inflatsiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

“Markaziy bank inflatsiya prognozining pasayishidan kelib chiqqan holda, keyingi yig‘ilishlarda asosiy stavka darajasini pasaytirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, kelgusida ham hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun choralar ko‘riladi.

Mavzuga oid