Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda koronavirusning yangi holatlari Zarafshon va Uchquduqda qayd etildi
Bemorlarning 17 nafari Zarafshon shahridan hamda 1 nafari Uchquduq tumanidan ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 260 nafar ekanligi qayd etilgan.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda koronavirusga chalingan 110 nafar bemorlar Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3 - sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida hamda Konimex tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanmoqda.
Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi kasallanish holatlarining 18 nafari — Navoiy viloyatidan ekanligi bo‘yicha ma'lumot berildi. Ushbu bemorlarning 17 nafari Zarafshon shahridan hamda 1 nafari Uchquduq tumanidan ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026