O‘zbekiston | 10:02 / 12.06.2020
54443
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro va Samarqandda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 78 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 4800dan o‘tgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4819 nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

11 iyun kuni jami 118ta yangi holat aniqlandi, 105 bemor sog‘aydi va tuzalganlar soni 3637 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 1163 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid