O‘zbekiston | 21:38 / 14.06.2020
8010
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun 69 bemor koronavirusdan tuzalib chiqdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana 33 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 3943 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.
 
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 3 yoshli qizaloq.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1930 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Toshkentda 22, Buxoroda 10 va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aygani xabar qilingandi. 

Shunday qilib, bugun jami 69 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3943 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni vaqtda shifoxonalarda jami 1089 bemor davolanmoqda, shundan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid