O‘zbekiston | 17:05 / 14.06.2020
41571
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 5 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 57 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 14 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5051 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari poytaxtimizda aholi orasida, 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari aholi orasida, 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida ( 1 nafari aholi orasida, yana bir nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun 36 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3910 nafarga yetdi.

Hozirda shifoxonalarda 1122 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid