Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Fransiyada karantin choralari yumshatilishini e'lon qildi
Fransiya 15 iyundan “yashil hudud”ga o‘tib, mamlakatda koronavirus sababli kiritilgan bir qator cheklovlar yengillashtiriladi. Bu haqda prezident Emmanyuel Makron o‘z murojaatida ma'lum qildi.
“Ertangi kundan Fransiyaning butun hududi Mayotta va Gvianadan tashqari, yashil hududga o‘tadi. Ertangi kundan biz inqirozning birinchi to‘lqini aks etgan sahifani o‘gira olamiz”, deb aytgan Makron.
Jumladan, mamlakatda 15 iyundan bolalar bog‘chalari, maktablar va kollejlar odatiy tartibda barcha o‘quvchilarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, Parij regionida kafe va restoranlar ishlashiga ruxsat beriladi.
Makron, shuningdek, qariyalar uylariga tashrif buyurishga ruxsat bergan.
Fransiya prezidenti o‘z murojaatida mamlakatda yuz berayotgan ommaviy tartibsizliklarga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, fuqarolar o‘z dini va kelib chiqishidan qat'iy nazar vatanparvarlik g‘oyalari atrofida birlashishi lozim.
Makron huquq-tartibot idoralarining namoyishlar vaqtida jamoat tartibini saqlashga qaratilgan xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq Parijning Respublika maydonida politsiya zo‘ravonligi va irqchilikka qarshi namoyishda 15 mingdan 20 minggacha kishi to‘plangan. Politsiya odamlarni tarqalishga chaqirgan. Namoyishlar tashkilotchilarining ham ishtirokchilarni tarqalishga chaqirishi foyda bermagan. Politsiya ushbu talabi bajarilmagach, namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026