O‘zbekiston | 08:02 / 15.06.2020
17755
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab bitiruvchilari uchun yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentabrga qadar tegishli takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritishi belgilandi.

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentabrga qadar umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga kiritishi belgilandi.

Shuningdek, belgilab qo‘yilishicha, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Mavzuga oid