O‘zbekiston | 07:57 / 18.06.2020
5152
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

«O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» jamoat birlashmasi butun respublika hududida faoliyat olib boradi.

2020 yil 3 iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan jamoat birlashmasi shaklidagi «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» nodavlat-notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, jamoat birlashmasining asosiy maqsadi O‘zbekistonda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini isloh qilishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Loyiha Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bildirilishicha, «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» jamoat birlashmasi butun respublika hududida faoliyat olib boradi.

Mavzuga oid