Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Prezidentning «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq:
- soliqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar, agar ularning o‘zida ushbu soliqdan ozod qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi;
- O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar, O‘zbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar – norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq Prezidentning qator farmon va qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, qator soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.
Jumladan, prezidentning PF-3878-son Farmonida belgilangan yosh oila a'zolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta'mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ni daromad solig‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi norma 2021 yil 1 yanvardan bekor qilinadi.
Farmon 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026