Jamiyat | 07:58 / 19.06.2020
2578
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi issiqlik magistral quvuridagi ta'mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘lidan o‘tgan magistral issiqlik quvurini kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari dasturi doirasida 19 iyundan 5 iyulga qadar ro‘y beradi.

Shu munosabat bilan Do‘rmon yo‘li ko‘chasining Ziyolilar va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasi oralig‘idagi yo‘lning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. 

Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid