CA'20: Toshkentda Markaziy Osiyo biznes muammolarini muhokama qiluvchi forum o‘tkazilmoqda
Kelayotgan juma, 26 iyun kuni O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi «Bi Innovations» va «Predprinimatel» jamoalari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning ilk biznes muammolarni muhokama qiluvchi panel diskussiyasini tashkil qilmoqda.
Tadbirda Markaziy Osiyoning bir qator muvaffaqiyatli tadbirkorlari, sarmoyadorlari hamda turli tashkilotlar rahbarlari qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Ular sirasida Farhod Ibragimov (IT Park), Hikmat Abdurahmonov (Humo Partners), Hasan va Husan Mamasaidovlar (MFaktor), Denis Gayvoronskiy (Kulikovskiy), Darya Suxodolova (Red Jolbors), Chubak Temirov (Qirg‘iziston Yuqori texnologiyalar parki), Amirxan Omarov (BI Innovations), Adil Nurgojin (QazTech Ventures), Pavel Koktishev (Astana Hub), Ramil Muxoryapov (Chocofamily Group), Farrux Umarov (ilmhona), Eduard Yakubov (Xolon texnologiyalar instituti) va boshqalar o‘rin olishgan.
Tadbir tashkilotchilariga ko‘ra, CA'20 ning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyoning mavjud biznes muammolarini muhokama qilish, ularga yechim izlash, yangi g‘oyalarni yaratish hamda davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash.
Tadbirni «Yosh Tadbirkor» jamoasining YouTube kanalida 26 iyun kuni soat 14:00dan boshlab kuzatish mumkin.
Kuzatuvchilarda spikerlarga savollar berish va o‘z keyslari haqida so‘zlash imkoni ham bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:43 / 17.10.2024
Turkiston atamasi – etnik o‘zlik va mintaqaviy birlik ifodasi
15:54 / 16.10.2024
Davlatlar zimmasidagi qarz 100 trln dollardan oshmoqda. Markaziy Osiyoda vaziyat qanday?
12:10 / 16.10.2024
Turkiya Markaziy Osiyoni “Turkiston” deb atamoqda: tashqi dunyoning munosabati qanday?
11:13 / 11.10.2024