Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tarix fani öquv dasturiga fundamental özgartirişlar kiritilişini e’lon qildi. Yangi yondaşuvga köra, “Markaziy Osiyo” atamasi “Turkiston” bilan almaştiriladi, deb xabar bermoqda TRT Haber.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, uşbu qaror kelajak avlodlar örtasida milliy özlikni anglaş va vatanparvarlikni mustahkamlaşga qaratilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan özgartirişlarni qöllab-quvvatladi.

“Kelgusi davrni turklar davri qiliş uçun yelkama-yelka işlaymiz, turkiylar asri haqidagi tasavvurimizni Turkiy davlatlar taşkilotiga tatbiq qilib, uni amalga oşiramiz”, — dedi Erdöğan.

“Turkiston” atamasining tarixiy ahamiyati turk professorlari tomonidan ham qöllab-quvvatlandi. Professor Ahmad Toşagil terminning tarixiy ma’nosiga izoh berdi. Uning sözlariga köra, “turklar vatani” ma’nosini anglatuvçi bu söz tarixning ilk davrlaridan boşlab qöllab kelingan.

“Turklar vatani” ma’nosini anglatuvçi Turkiston sözidan tarixning eng boşlanğiç davrlaridan beri foydalanib kelingan. XIX asrning ikkinçi yarmida ruslar bosqini oqibatida Turkiston nomi örniga Markaziy Osiyo tuşunçasi kirib keldi va ommalaşdi”, — dedi u.

“Turkiston konsepsiyasiga murojaat qiliş va uni Milliy ta’lim vazirligi tomonidan darsliklarga kiritiş juda töğri qaror. Turkiya ham, Turkiston ham asosan turklar yaşaydigan hududni anglatadi”, — deya qöşimça qildi dotsent Ramin Sodiq.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bu özgariş turkiy dunyodagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan keng qamrovli strategiyaning bir qismi sanaladi. Uşbu strategiya umumiy tarix, adabiyot, xaritalar va alifbo yaratişni öz içiga oladi.