Turkiyaning maktab darsliklarida Markaziy Osiyoni “Turkiston” deb nomlaş joriy qilindi. Bu qaror şu yilning boşlarida qabul qilingan edi. Qarorning ijrosi yangi öquv yili boşidan, ya’ni sentabr oyidan boşlandi. Bu özgarişning aks-sadosi nafaqat mintaqamizda, balki taşqi dunyoda ham sezilmoqda.

Turkiya heç qanday inqilobiy özgariş qilgani yöq. Tarixdagi faktni, bölib ötgan voqelikni e’tirof qilyapti, yaqin ötmişda mavjud bölgan Turkistonni “Turkiston” deb atayapti xolos. Aslida, hozirgi Markaziy Osiyo juda uzoq vaqt Turkiston deb atalgan. Hatto Çor Rossiyasi bizga bostirib kelganidan keyin ham, mintaqamiz “Turkiston” deya atalişda davom etgan. Faqatgina 1917 yilda hokimiyatga sovetlar kelgaç, Turkiston atamasidan voz keçildi.

“Turkiston” nomi onsonlikça yöq bölgani yöq. Buning uçun sobiq SSSR jiddiy kuraşdi. Imperiyalar har doim özlari bosib olgan yerlarni nazorat qiliş uçun, öşa yerlarni bölib taşlaşadi, va bölingan hududlarga har xil nomlar va özliklar yaratişadi. Turkiston bölib taşlangaç, bölingan har bir hududga davlat maqomi va nomi beriladi va uşbu davlat doirasida milliy özliklar yaratiladi. Natijada, beşta respublika va beş milliy özlik şakllantirildi. Sovetlardan oldin ham bu milliy özliklar bölgan, lekin bu özliklar mutlaqlaştirilmagan, boşqalarga qarama-qarşi qöyilmagan.

Bir vaqtlar Turkistonda barça xalqlar va millatlar heç qanday millatçiliksiz, ahil yaşaşgan. Tarixdan ma’lumki, etnik tojiklar ham “Turkiston” atamasiga e’tiroz bildirişmagan. Çunki Turkistonda tojik tili va madaniyatining örni ança katta bölgan: özbeklar yoki qozoq hamda qirğizlar ham tojik tilini yaxşi tuşungan, namozlarda tojik tilida niyat qilişgan, madrasalarda tojik tili keng örgatilgan.

Turkiya öquv darsliklarida Markaziy Osiyoni “Turkiston” deb nomlaşi nafaqat mintaqamizda, balki taşqi dunyoda ham köplab siyosiy va geosiyosiy çayqovçiliklarga sabab bölmoqda. Rossiya rasmiylari hozirça heç nima demadi, lekin Rossiyadagi propagandaçilar özlarining salbiy munosabatini yaşirmayapti. Ularning munosabatlari ijtimoiy tarmoqlarda, maqolalar va video çiqişlaridan ma’lum. Rossiyadagi keng tarqalgan fikrga köra, “Turkiston” loyihasi – bu Ğarbning loyihasi emiş. Ya’ni Turkiya, NATOning a’zosi sifatida, Markaziy Osiyoni Rossiya ta’siridan çiqariş niyatida ekan.

Xitoy Xalq Respublikasi, odatda, juda ehtiyotkor. Rasmiy Pekin bunday xolatlarda rasmiy munosabatini bildirmaydi, içki kayfiyatini yaşiradi. Lekin, agar Uyğuriston özini “Şarqiy Turkiston” deb nomlaşi e’tiborga olinsa, Markaziy Osiyo özining tarixi va kelajagini “Turkiston” degan nom bilan boğlaşi – Pekinga yoqmasligi aniq. Ayni paytda, Pekin har narsaga tezda asabiylaşaveradigan davlat emas.