O‘zbekiston | 17:04 / 27.06.2020
29952
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7551 nafarga yetdi

2020 yil 27 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7551 (+61) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 12 nafari aholi orasida), 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 18 nafar, Toshkent shahridagi  Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, jami 25 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. 

Shunday qilib, respublikada 5063 (+25) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
 
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 2468 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Mavzuga oid