O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni qariyb 9200ga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 121 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 3 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9199 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 48 nafari Toshkent shahrida (shundan 32 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
2 iyul kuni jami 297ta yangi holat qayd etildi va bu yangi rekord hisoblanadi. Shuningdek, 187 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 6034 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 3138 bemor davolanmoqda. Shundan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022