Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta bojxona hujjatlari fosh etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan oshxona anjomlari va yugurish yo‘laklari “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘rnatilgan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi, jumladan tovarning qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligini belgilovchi sertifikatlari, shuningdek invoys va o‘rov varaqlarida yuk jo‘natuvchining muhr izlari reprografiya usulida rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlandi.
Natijada, 240,4 million so‘m miqdoridagi davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025