Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fernando Alonso yana «Formula-1»ga qaytadi
“Formula-1” poygalarining ikki karra chempioni, ispaniyalik poygachi Fernando Alonso keyingi mavsumdan yana ushbu poygalarda ishtirok etadi.
Ma'lum qilinishicha, 38 yoshli poygachi Renault jamoasi bilan 2021 yil uchun shartnoma imzolagan. Alonso fransuz jamoasi bilan 2019 yil noyabridan beri muzokaralar olib borgan. U jamoada keyingi mavsumdan McLaren jamoasi uchun ishtirok etadigan avstraliyalik poygachi Daniel Rikkardo o‘rnini egallaydi.
Alonso “Formula-1”da “Minardi” jamoasi safida 2001 yilda debyut qilgan. 2003 yilda “Reno” bilan shartnoma tuzib, uning safida 2005 va 2006 yillarda chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shundan keyin Alonso bir mavsumni “Maklaren” jamoasi bilan o‘tkazgan, yana 2 yilga “Reno”ga qaytgan va 2010 yilda “Ferrari”ga o‘tgan. Alonso italyan jamoasi uchun 5 mavsum o‘tkazgach, 2015 yilda “Maklaren”ga qaytgan va bir nechta muvaffaqiyatsiz mavsumlardan keyin 2018 yilda poygalardagi ishtirokini to‘xtatgan. Poygachi “Formula-1”da 315 ta bosqich o‘tkazib, ulardan 32 tasida g‘alaba qozongan.
Alonso, shuningdek, 2019 yilda “Le-Manning 24 soati” poygasida g‘alaba qozongan, 2020 yil boshida esa “Dakar” rallisida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
17:22 / 25.05.2025