O‘zbekiston | 22:40 / 09.07.2020
6946
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun 227 bemor koronavirusdan sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun kun davomida O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida jami 227 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 7287 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Bundan avval Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar berilgandi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirusdan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda. 

Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida 298 nafarga, Buxoro viloyatida 518 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 7287 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun hozircha 355ta yangi holat qayd etildi, 4 bemor vafot etdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 4110 bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid