2025 yilda 20 dan ortiq modulni öz içiga olgan DMED yagona elektron axborot tizimi yaratilib, 36 milliondan ortiq aholining tibbiy ma’lumotlari dastur bazasiga kiritildi va özbekistonliklarning yagona elektron tibbiy kartasi (MED-ID) şakllantirildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 40 ga yaqin klinik yönaliş böyiça 400 dan ortiq protokol va davolaş standartlari orqali taşxislaş yölga qöyildi. Şuningdek, Toşkent şahri Yunusobod tumanida tajriba-sinov tariqasida “Elektron retsept” tizimi töliq işga tuşirildi. Ta’kidlanişiça, uşbu tizim orqali kontrafakt, sifatsiz, qalbaki dori vositalarini realizatsiya qiliş holatlarining oldi olinadi.

Xabarga köra, DARMON va DMED axborot tizimlarining özaro integratsiyasi orqali 3100 dan ortiq retseptli va retsepsiz dori vositalarining avtomatik yangilanadigan elektron röyxati şakllantirildi.

Yunusobod tumanidagi 20 dan ortiq davlat, 200 ga yaqin xususiy tibbiyot muassasasi hamda 190 dan ziyod dorixona DMED platformasiga ulandi. Tuman tibbiyot muassasalarida dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi böyiça elektron retsept yoziş tizimi joriy etildi. Ta’kidlanişiça, şu tufayli Yunusobodda bemorlarga ortiqça dori yoziş holatlari 40 foizga kamaydi.

Yunusobod tumani tajribasi asosida butun respublika böyiça 12 mingta dorixonaning 8 mingdan ortiği, ya’ni 66 foizi qamrab olindi.

Bundan taşqari, tibbiyot muassasalarida 70 dan ortiq qoğoz şaklidagi jurnal, blanka va ma’lumotnomalardan töliq voz keçilişi hisobiga şifokorlar iş yuklamasi 30 foizga yengillaşdi. Laboratoriya tahlillari 3-5 daqiqada avtomik ravişda tizimda elektron şakllantirilib, natijalarni oliş 24 soatga qisqardi.

Soğliqni saqlaş vazirligida Raqamli soğliqni saqlaş markazi taşkil etilişi natijasida tibbiy muassasalardan şaffof va işonçli ma’lumotlarni markazlaşgan holda yiğiş, qayta işlaş, tahlil qiliş hamda analitik xizmatlar körsatiş imkoni yaratildi. Tizimdagi 560 mingdan ziyod xodimlarning faoliyat yönalişlari böyiça hisobini yuritiş avtomatlaştirildi.

Ilgari fuqarolarni sarson qilgan qoğoz şaklidagi 28 ta ma’lumotnoma elektronlaştirilib, ularni inson omilisiz beriş yölga qöyildi.