Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sariq» va «yashil» toifadagi mamlakatlardan charter reyslar davom ettiriladi
Transport vazirligining xabar berishicha, «sariq» va «yashil» toifadagi mamlakatlardan charter reyslar davom ettiriladi.
«Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro miqyosda ham xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyat o‘rganilib toifalarga ajratilyapti. Qaysi mamlakat qaysi toifaga kiritilgani haqidagi haftalik jadval respublika maxsus komissiyasiga taqdim etib boriladi.
Shunda «sariq» va «yashil» toifaga kiritilgan hududlardan aviakompaniyalar bizga charter reys tashkil etilishiga ruxsat berilishini so‘rab ariza yuborishi kerak. Ushbu ariza Transport vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib, amalga oshirish bo‘yicha chora ko‘riladi.
Istalgan aviakompaniya charter reys tashkil qilish uchun ariza yuborishi mumkin. Charter reyslarni tashkil etish masalasi turkompaniyalar orqali amalga oshiriladi. Turkompaniyalar charter reyslarga talabgor bo‘lgan odamlar to‘playdi va qaysi sanaga qancha aviachipta sotilishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni o‘zlari hamkorlik qiladigan aviakompaniyalarga taqdim etishadi. Aviakompaniyalar shunga asosan O‘zbekiston tomoniga ariza bilan murojaat qilishadi», deya Transport vaziri matbuot kotibi Navro‘z Ashirmatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyuldan mahalliy yo‘nalishdagi poyezd va aviaqatnovlar ham to‘xtatilmoqda. 10 iyuldan 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda sotilgan poyezd chiptalarining puli yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi, Toshkent-Nukus, Toshkent-Urganch, Toshkent-Termiz yo‘nalishlari uchun sotilgan aviachiptalarning amal qilish muddati 1 yil davomida saqlanib qoladi.
Transport vazirligining bildirishicha, kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi.
Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshriladi. Shuningdek, karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazish temiryo‘l va avtobus tashuvlari orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:14 / 23.06.2025
Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda
19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
08:45 / 14.06.2021
O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti
11:58 / 24.02.2021