AQSh hukumati amerikaliklarni Xitoyda asossiz qo‘lga olinishlari mumkinligidan ogohlantirdi
AQSh davlat departamenti Xitoy hukumatini tanqid qilgan amerikaliklar deportatsiya qilinishi mumkin deb hisoblamoqda.
AQSh davlat departamenti Xitoy hududida bo‘lib turgan amerikaliklarga qo‘lga olinish va deportatsiya qilinish xavfi yuqoriligi bois ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi. Reuters agentligining yozishicha, bu haqda departamentning Xitoydagi amerikaliklarga yo‘llagan elektron maktublarida aytilgan.
"AQSh fuqarolari konsullik xizmatlari va o‘zlariga qo‘yilayotgan ayblov to‘g‘risida ma'lumot taqdim etilmasdan ushlanishi mumkin", - deyiladi maktubda.
Qayd etilishicha, bunda Xitoy hukumati davlat xavfsizligi nuqtai nazariga tayanishi mumkin.
"Politsiya xodimlari AQSh fuqarolarini Xitoy hukumati tanqid qilingan shaxsiy elektron xatlarni jo‘natgani uchun ushlashi va/yoki deportatsiya qilishi mumkin", - deya oydinlik kiritilgan davlat departamenti xabarida.
Avvalroq Oq uy Xitoyni Hongkongni anneksiya qilishda ayblagan va yangi sanksiyalar joriy etishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024