Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti xorijliklarga yer sotilishini istisno etdi
Qozog‘iston yerlari xorijliklarga sotilmaydi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumat yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Foto: akorda.kz
“Yer kodeksining ba'zi bandlariga moratoriy 2021 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sababli biz bu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishimiz lozim. Biz asosiy muammoni belgiladik. Yer xorijliklarga sotilmaydi. Bu masalaga boshqa qaytmaymiz”, deb aytgan To‘qayev.
Qozog‘iston rahbarining ta'kidlashicha, agrosanoat kompleksini investitsiyalar va texnologiyalar jalb qilgan holda rivojlantirish lozim, shu sababli mahalliy fermerlar bilan yerlarning samarali qo‘llanishi masalasini muhokama qilish kerak. To‘qayev hukumatga Yer kodeksiga tegishli tuzmatlarni kiritish vazifasini topshirgan.
Qozog‘istonda 2021 yil 31 dekabrgacha qishloq xo‘jaligi yerlarining xorijliklarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda xorijiy kapitali ulushi 50 foizdan ko‘proq bo‘lgan kompaniyalarga sotilishiga taqiqlov amal qiladi.
Mavzuga oid
08:20 / 26.11.2025
Toshkent viloyatida 8,5 gektar yer uchun 7,3 mln dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
07:45 / 25.11.2025
Dunyoda eng unumdor yerlar qayerda? Yangi xarita e’lon qilindi
14:55 / 05.11.2025
Qibray: 54 ming dollarlik “yer bitimi” tezkor tadbirda to‘xtatildi
17:44 / 02.10.2025