OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1,1 millionga yaqinlashdi
2020 yil 16 iyul soat 18:00 holatiga, respublika bo‘yicha jami 1 090 397 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 459 ming 61 nafar) abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shundan, ta'lim shakli bo‘yicha:
- kunduzgi – 624 895 nafar;
- sirtqi – 442 297 nafar;
- kechki – 23 205 nafar.
Hududlar miqyosida:
1. Toshkent shahri – 295 703 nafar;
2. Samarqand viloyati – 104 857 nafar;
3. Farg‘ona viloyati – 85 159 nafar;
4. Andijon viloyati – 78 628 nafar;
5. Qashqadaryo viloyati – 71 481 nafar;
6. Surxondaryo viloyati – 67 004 nafar;
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 59 388 nafar;
8. Namangan viloyati – 58 947 nafar;
9. Toshkent viloyati – 57 888 nafar;
10. Jizzax viloyati – 52 109 nafar;
11. Buxoro viloyati – 47 013 nafar;
12. Xorazm viloyati – 42 491 nafar;
13. Navoiy viloyati – 33 960 nafar;
14. Sirdaryo viloyati – 31 172 nafar.
Tillar kesimida:
- o‘zbek tilida – 956 892 nafar (87,8 foiz);
- rus tilida – 100 574 nafar (9,2 foiz);
- qoraqalpoq tilida – 30 585 nafar (2,8 foiz);
- boshqa tillarda – 2 346 nafar (0,2 foiz).
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:
- Samarqand davlat universiteti – 57 118 nafar;
- Andijon davlat universiteti – 45 472 nafar;
- Qarshi davlat universiteti – 42 888 nafar;
- Namangan davlat universiteti – 39 577 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti – 39 047 nafar.
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023