Jamiyat | 09:11 / 18.07.2020
7765
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda qalbaki valuta sotgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda qalbaki valutani tayyorlagan va sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 7 iyul kuni o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. (1979 y.t., ilgari sudlangan) «maxsus xaridor»ga 3200 AQSh dollarini 27,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Sirdaryo viloyati IIB ekspert kriminalistika bo‘limining ekspertizasida tadbirda olingan 32 dona 100 AQSh dollarli kupyuralari rangli lazer printerda tayyorlangani va qalbaki ekani aniqlangan.

15 iyul kuni departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi bu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi («Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi va tergov harakatlarini olib bormoqda.

Mavzuga oid