Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: AQSh Janubiy Koreyadagi harbiylari sonini qisqartirishi mumkin
AQSh hukumati Koreya respublikasi hududida amerikalik harbiylar sonini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bunga ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa xarajatlari borasida bo‘lib turgan turli qarashlar sababdir, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga tayangan holda.
Gazetaning yozishicha, amerikalik harbiylarning J. Koreyadagi sonini qisqartirish rejasi Pentagonda tayyorlangan va Oq uy rahbari Donald Trampga berilgan. Bunga ikki mamlakat o‘rtasida harbiylarni saqlash bo‘yicha Seul xarajatlariga doir kelishuv mavjud emasligi sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Koreyada 28,5 mingga yaqin amerikalik harbiylar bor. Gazeta manbalari bundan qanchasi vatanga qaytarilishiga oydinlik kiritishmagan.
Shu yilning aprel oyida prezident Tramp rasmiy Vashington Seul bilan amerikalik harbiylar sonini qisqartirish yo‘llarini muhokama qilayotganini bildirgandi.
Joriy yilning yanvar oyida amerikalik harbiylarning Koreya yarim orolida bo‘lib turish xarajatlarini taqsimlash bo‘yicha muzokaralarning 6-davrasi muvaffaqiyatsiz yakunlangandi. Avvalgi kelishuv muddati esa, 2019 yil 31 dekabrda poyoniga yetgan. Vashington 2018 yildan buyon Seuldan AQSh harbiylarini J. Koreyada saqlash bo‘yicha to‘lovlar hissasini oshirishni talab qilib keladi. J. Koreya hamkorlikdagi mudofaa maqsadlariga 2019 yilgi xarajatlarni 8,2 foizga oshirib, 1,04 trln von (915 mln dollar) sarflagan. 2019 yil noyabr oyida Vashington Seuldan ulush qiymatini 5 baravarga oshirib, 4,7 mlrd dollarga yetkazishni talab qilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026