Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Iroqdagi elchixonasi yaqinida raketa portladi
AQShning Bag‘dod markazidagi diplomatik vakolatxonasi yaqinida 2ta raketa portladi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, raketalar «Katyusha» zenit-raketa kompleksidan otilgan va Bag‘dodning hukumat idoralari va elchixonalar, shuningdek aeroport joylashgan «yashil hududi»da portlagan. Hujum davomida hech kim jabrlanmagan.
TASS Iroqning Al Sumaria telekanaliga tayanib bergan xabarida, bu vaqtda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Iroq hukumati vakillari bilan rejadagi uchrashuvni o‘tkazgan.
Telekanal xabariga ko‘ra, Bag‘dod markaziga qarata uchinchi raketa ham otilgan va u «yashil hudud»ning boshqa qismida portlagan. Raketa otilgan joy hozircha aniqlanmagan.
18 iyun kuni AQShning Iroqdagi elchixonasi yaqinida bir necha raketa portlagani haqida xabar berilgan edi. Ammo jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot hozircha berilmadi.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026