2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi
Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni 1 484 085 nafarni tashkil etdi.
2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Ro‘yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikaning 8ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Shundan, joriy yil bitiruvchilari 536 144 nafar (36,13 foiz).
Ta'lim shakli bo‘yicha:
Kunduzgi ta'lim shakli – 798 608 nafar (53,81 foiz);
Sirtqi ta'lim shakli – 648 733 nafar (43,71 foiz);
Kechki ta'lim shakli – 36 744 nafar (2,48 foiz).
Tillar kesimida:
O‘zbek tili – 1 297 445 nafar (87,42 foiz);
Rus tili – 139 115 nafar (9,37 foiz);
Qoraqalpoq tili – 44 279 nafar (2,98 foiz);
Boshqa tillar – 3 246 nafar (0,22 foiz).
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023