Jamiyat | 12:24 / 27.07.2020
9593
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin vaqtida savdo majmuasida tashkil etilgan qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 21 iyul kuni soat 18:30da Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro, 51 yoshli A.T. Bo‘ka tumani Toshloq MFYda joylashgan o‘ziga tegishli savdo majmuasida 5 nafar shaxsga qonunga xilof ravishda pul tikib qimor o‘yini o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Tadbir davomida 1.510.000 so‘m va A.T.dan 10.000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid