Viloyat hokimligi xabariga köra, loyiha Xitoyning China Datang kompaniyasi tomonidan amalga oşirilmoqda. Oçiliş marosimida korporatsiya boşqaruvi raisi Çjou Ley, uning örinbosari Li Çjanvey va rahbariyatning boşqa vakillari iştirok etdi.
Quvvati 263 megavatt bölgan fotoelektr stansiyasi “Böka” mahallasida joylaşadi. Loyiha qiymati 150 million dollarni taşkil etadi.
Uşbu quyoş fotoelektr stansiyasini quriş böyiça loyiha 2024 yil yanvarida imzolangan. Prezidentning 24 maydagi qaroriga köra, quriliş uçun 621 gektar yer ajratilişi belgilangan bölib, u qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasidan sanoat transport, aloqa, mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yer toifasiga ötkaziladi.

















