O‘zbekiston | 00:50 / 04.08.2020
6853
1 daqiqa o‘qiladi
Sirdaryolik 734 nafar abituriyent harbiy OTMlarga kirish uchun ariza topshirdi
O‘zbekistondagi oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish istagini bildirgan 734 nafar sirdaryolik nomzod viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat etishgan.
Ushbu nomzodlarning salomatligi tegishli tarzda tekshirilib, jismoniy va nazariy imtihonlardan o‘tkazildi.
Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, xohlovchilar quyidagi harbiy OTMlarga hujjat topshirishgan:
- O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti – 30 nafar;
- Qurolli Kuchlar akademiyasi – 174 nafar;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti – 117 nafar;
- Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandisligi bilim yurti – 295 nafar;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi – 118 nafar.
Tuman (shahar) va viloyat tibbiy ko‘rigi hamda individual-psixologik sifatlarini o‘rganish va jismoniy tayyorgarlik sinovlarining viloyat bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ro‘yxati Davlat imtihonlarini topshirish uchun oliy harbiy bilim yurtlariga yuborildi.
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023