Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaro mahalladoshini 200 000 dollarga aldab ketdi
Toqati toq bo‘lgan jabrlanuvchi ariza bilan tuman ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Hayotda shunday insonlar ham bo‘ladiki, ular o‘zgalar hisobidan kun kechirishni odat qilishgan. Poytaxtning Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Sh.K. ham shunday kimsalar toifasidan ekan, deb yozadi Postda.
Qayd etilishicha, Sh.K. o‘zining mahalladoshi N.Yu.dan unga Rossiya Federatsiyasidan “VAZ” rusumli avtomashinalarning ehtiyot qismlarini olib kelib berishini va'da qilib, 200 ming AQSh dollarini sanab oladi.
Ammo, oradan ancha vaqt o‘tib, kelishilgan muddat tugasa-da, bu shaxs na ehtiyot qismlarni, na pullarni egasiga qaytaradi. Shundan so‘ng toqati toq bo‘lgan jabrlanuvchi ariza bilan tuman ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
Endilikda, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan mazkur kimsa qonun oldida javob bermoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026