Jamiyat | 10:06 / 11.08.2020
11561
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda avtomashinaning texnik holatini tekshirmaslik ikki kishining o‘limiga olib keldi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

2020 yil 10 avgust kuni soat taxminan 15:30larda fuqaro U.B. ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan “Moskvich” rusumli avtomashinani Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Sohibiyon” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l, ya'ni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘i tomonga boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, avtomashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida, u boshqaruvni yo‘qotib harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, yuqoridagi kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida, har kuni transport vositangizning texnik holati, ehtiyot qismlarining sozligini tekshirish yodingizdan chiqmasin!” - deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid