Yangiyo‘lda 2 yashar bola kanalda oqib ketib, halok bo‘ldi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 9 avgust kuni yo‘qolib qolgan bolaning jasadi oradan uch kun o‘tib, uning uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi kanaldan topildi.
U.R. (o‘g‘il bola, 16.10.2018 y.t.) Yangiyo‘l tumani, Qo‘shtepa MFY, O‘zbekiston ko‘chasida yashagan. 9 avgust kuni soat taxminan 20:00da uning bobosi tuman IIBga murojaat qilib, nabirasi uydan noma'lum tomonga chiqib ketgani va bedarak yo‘qolganini ma'lum qilgan.
Tuman prokuraturasi bergan ma'lumotga ko‘ra, tuman prokurori o‘rinbosari, prokurorning katta yordamchisi va tuman IIB tezkor xodimlari voqea joyiga chiqib, u yerni ko‘zdan kechirgan va holat yuzasidan tushuntirish xatlari olingan.
Ma'lum bo‘lishicha, bola yashagan uyning orqa tomonidan Jo‘nariq kanali oqib o‘tadi. 16 yoshli guvohning so‘zlariga ko‘ra, u kanalning Fayzobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida 1,5-2 yoshli bola tanasini suvda ko‘rgan, ammo suvda suzishni bilmagani sababli bola murdasini olib chiqa olmagan.
Tekshiruv davomida Jo‘nariq kanali suvi 3 soatga to‘xtatib qo‘yilib, bola jasadini qidirish ishlari tashkillashtirilgan. 12 avgust kuni kanalning Mirzaboboyev MFY, Ohunboboyev uchastkasidan oqib o‘tuvchi qismidan U.Rixsitillayevning murdasi topilgan.
Tuman prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
20:35 / 07.11.2024
2 tup chinorni kesgan shaxs tabiatga 199 million so‘m zarar yetkazdi
16:12 / 05.11.2024
Yangiyo‘lda “dom” qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi
22:34 / 03.10.2024
Yangiyo‘lda xonadondan qochib ketgan ilonlar tutildi – IIBB
15:11 / 03.10.2024