Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay aeroportida koronavirusni aniqlash uchun itlardan foydalaniladi
Dubay hukumati aeroportda koronavirusga qarshi kurash uchun kinologlar va itlarni jalb qiladi.
Travel and Leisure nashrining xabar berishicha, bunda itning vazifasi koronavirusga chalingan yo‘lovchilarni aniqlash hisoblanadi. Tadqiqotlar davomida itning koronavirusni aniqlay olishi aniqligi 92 foizni tashkil qilgan.
Itlarni koronavirusni aniqlashga o‘rgatish uzoq vaqt talab etuvchi mashaqqatli ish hisoblanadi. Buning uchun laboratoriya, maxsus uskuna va koronavirusga chalinganlarning teri talab etiladi.
Dubay aeroporti birinchi bo‘lib itlar yordamida koronavirusni aniqlashga qaror qildi. Itlar odamlarga yaqin keltirilmay, masofadan ishlaydi.
Dubay iyulda sayyohlar uchun ochildi. Sayyohlardan koronavirusga chalinmaganliklari haqida ma'lumotnoma talab etiladi. Ushbu ma'lumotnoma safargacha uzog‘i 96 soat oldin olingan bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026