11:08 / 22.08.2020
8979

Yer geoportali orqali kosmik suratlar asosida yer resurslari xatlovdan o‘tkazildi

Yer turlarining yer hisobotlariga nisbatan farqlar joylarda o‘z vaqtida yer turlari bo‘yicha o‘zgarishlarni tuman komissiyasida ko‘rib chiqmaslik hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida qarorlar qabul qilinmaganligi oqibatida yillar davomida shakllangan.

Yer geoportali orqali kosmik suratlar asosida yer resurslari xatlovdan o‘tkazildi. Bu haqda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, tumanlarning ma'muriy chegarasidagi yer maydonlari tahlil qilinganda, Karmana tumanida 4517 gektar, Zarbdor tumanida 4156 gektar, Qiziriq tumanida 2965 gektar, Buxoro tumanida 2524 gektar, Zafarobod tumanida 1936 gektar, Quyi Chirchiq tumanida 1428 gektarga umumiy yerlari yer hisobotiga nisbatan ko‘p ekanligi aniqlandi.

Tumanlarning qishloq xo‘jaligi yerlari ko‘rib chiqilganda, Muborak tumanida 23121 gektar, Nishon tumanida 19965 gektar, Kogon tumanida 9131 gektar, Muzrabot tumanida 8829 gektar, Zafarobod tumanida 7005 gektar, Pskent tumanida 6301 gektar, Zarbdor tumanida 4090 gektar, Nurota tumanida 3950 gektar, Kegeyli tumanida 2733 gektar, Buxoro tumanida 2083 gektarga qishloq xo‘jaligi yerlari ko‘pligi aniqlandi.

G‘uzor tumanida 10691 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumanida 10691 gektar, Nurota tumanida 10519 gektar, Yangiobod tumanida 3799 gektar jami ekin yerlar, shu jumladan, Muborak tumanida 5916 gektar, Zarbdor tumanida 2507 gektar, Yangiobod tumanida 2358 gektar, G‘uzor tumanida 1849 gektar, Zafarobod tumanida 1346 gektar, Qibray tumanida 1050 gektar, Quyi Chirchiq tumanida 914 gektar sug‘oriladigan ekin yerlar ko‘pligi aniqlandi.

Qo‘shrabot tumanida 1286 gektar, Karmana tumanida 894 gektar, Xo‘jaobod tumanida 871 gektar, Yuqori Chirchiq tumanida 802 gektar, Bo‘ka tumanida 491 gektar, Samarqand tumanida 312 gektar maydonda asossiz ravishda bog‘lar barpo etilishi, shuningdek, ularni har xil qurilishlarga hamda tomorqalarga berib yuborilishi oqibatida sug‘oriladigan ekin yerlar kamayib ketganligi aniqlandi.

Xo‘jaobod tumanida 733 gektar, Samarqand tumanida 659 gektar, Pskent tumanida 493 gektar, Qibray tumanida 463 gektar, Nurota tumanida 410 gektar, Buloqboshi tumanida 405 gektar, Kogon tumanida 363 gektar, Dang‘ara tumanida 333 gektar, Bo‘ka tumanida 308 gektar bog‘zorlar ko‘p ekanligi aniqlandi.

Narpay tumanida 352 gektar, Zafarobod tumanida 366 gektar, Quyi Chirchiq tumanida 281 gektar, Toshkent tumanida 178 gektar, G‘uzor tumanida 169 gektar bog‘larning asossiz buzilishi oqibatida kamayib ketganligi aniqlandi.

Qo‘shrabot tumanida 819 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumanida 485 gektar lalmikor yerlarda bog‘lar barpo etilib, yer hisobotlarida yuritilmaganligi aniqlandi.

Qiziriq tumanida 755 gektar, Karmana tumanida 315 gektar, Quyi Chirchiq tumanida 191 gektar, Toshkent tumanida 136 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumanida 130 gektar, Muborak tumanida 111 gektar tokzorlarning asossiz buzilishi oqibatida kamayib ketgan.

Qo‘shrabot tumanida 418 gektar, Yangiobod tumanida 375 gektar, Samarqand tumanida 321 gektar, Muzrabot tumanida 195 gektar tokzorlar barpo etilib, hisobotlarda yuritilmasdan kelinmoqda.

Qorako‘l tumanida 340 gektar, Vobkent tumanida 263 gektar, Kattaqo‘rg‘on tumanida 195 gektar, Buxoro tumanida 191 gektar, Qo‘shrabot tumanida 176 gektar, Nurota tumanida 156 gektar, Qiziriq tumanida 156 gektar, Kogon tumanida 144 gektar, G‘uzor tumanida 136 gektar tutzorlarning asossiz buzilishi oqibatida kamayib ketgan.

Kattaqo‘rg‘on tumanida 9776 gektar, Qo‘shrabot tumanida 9360 gektar, G‘uzor tumanida 7865 gektar, Qiziriq tumanida 5953 gektar, Qorako‘l tumanida 4721 gektar, Kegeyli tumanida 4649 gektar, Samarqand tumanida 4348 gektar, Nishon tumanida 3263 gektar, Nurota tumanida 3049 gektar, Qo‘shko‘pir tumanida 2831 gektar, Yangiobod tumanida 2655 gektar, Pskent tumanida 2429 gektar, Muborak tumanida 2118 gektar, Muzrabot tumanida 1929 gektar, Yuqori Chirchiq tumanida 1737 gektar, Dang‘ara tumanida 1703 gektar, Chinoz tumanida 1610 gektar, Karmana tumanida 1651 gektar, Norin tumanida 1416 gektar, Sayxunobod tumanida 1182 gektar, Koson tumanida 1155 gektar, Bo‘ka tumanida 1144 gektar, Qibray tumanida 1020 gektar, Oqqo‘rg‘on tumanida 1010 gektar yer maydonlari aholi tomonidan qator yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallanib olinishi oqibatida tomorqa yerlar ko‘payganligi aniqlandi.

Mavjud yer maydonlarida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, yer turlarining yer hisobotlariga nisbatan farqlar joylarda o‘z vaqtida yer turlari bo‘yicha o‘zgarishlarni tuman komissiyasida ko‘rib chiqmaslik hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘z vaqtida qarorlar qabul qilinmaganligi oqibatida yillar davomida shakllangan.

Respublikaning qolgan tumanlarida ham yer maydonlarini konturlar kesimida yerdan foydalanuvchi va ijarachilar bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish ishlarini tezlashtirish va natijalarini yer axborot tizimi portalida ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda yerlarning aniq hisobini yuritish bo‘yicha qo‘mitaning chora-tadbirlari belgilandi, deyiladi ma'lumotda.

 

Top