Texnikumlarga qabul boshlandi
Texnikumlarga bugun, 25 avgust kuni 14:00dan boshlab onlayn ariza topshirish mumkin bo‘ladi.
Oliy va o‘rta maxsus vazirligining xabar berishicha, texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish platformasi - texnikum.edu.uz bugun, 25 avgust kuni soat 14:00dan boshlab ishga tushiriladi.
Texnikumlarga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- elektron ariza;
- umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.
Ma'lumot uchun: 185ta texnikumga 9199 nafar o‘quvchi davlat buyurtmasi bo‘yicha (grant asosida) qabul qilinishi belgilangan.
Texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma'lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta'lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.
Ta'lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarda, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikum bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:42 / 11.12.2023
Texnikumlarda kredit-modul tizimi yo‘lga qo‘yiladi
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
14:48 / 08.11.2023
Kollej, texnikumlarning vakant qolgan o‘rinlariga abituriyentlar qabuli boshlandi
15:07 / 03.11.2023