O‘zbekiston | 22:07 / 26.08.2020
13361
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy diniy ta'lim muassasalariga imtihon kunlari e'lon qilindi

Oliy diniy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o‘tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi.

Qabul imtihonlarini karantin talablaridan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazish belgilandi. O‘zbekiston musulmonlar idorasi imtihon kunlarini e'lon qildi.

Hadis ilmi maktabi — 3 sentyabr «Hadis va mustalah al-hadis» (ijodiy imtihon). Imtihon o‘tkazish joyi — Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.

4 sentyabr «O‘zbekiston tarixi» (test sinovi). Imtihon o‘tkazish joyi — Toshkent islom instituti binosi hovlisi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti — 7 sentyabr «Fiqh va aqoid», «O‘zbekiston tarixi» fanlari (test sinovi). Imtihon o‘tkazish joyi — Hazrati Imom majmuasi ochiq maydon qismi.

Mir Arab oliy madrasasi — 10 sentyabr «Fiqh va aqoid», «O‘zbekiston tarixi» fanlari (test sinovi). Imtihon o‘tkazish joyi — Mir Arab oliy madrasasi binosi ochiq ayvon qismi.

Abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan joyga kiritish ertalab soat 6:00dan 6:30gacha davom etadi. 6:30dan 7:00gacha savollar kitobchalari va javoblar varaqasini tarqatish, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi tushuntiriladi.

Test sinovlari ertalab 7:00dan 9:20gacha davom etadi, sinovlar boshlangandan keyin kelgan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Abituriyentlar qabul imtihonlariga shaxsini tasdiqlovchi pasporti va imtihonga kirish ruxsatnomasi bilan kelishi talab etiladi. Imtihonga kirish ruxsatnomasini qabul.muslim.uz portali orqali yuklab olish mumkin.

Mavzuga oid