Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugandada chaqmoq urishi 10 bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Afrikaning Uganda davlatida chaqmoq urishi 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 10 bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda AR axborot agentligi xabar berdi.
Momaqaldiroq boshlanganda bolalar futbol o‘ynashayotgan bo‘lgan. Ular yomg‘irdan qochib yaqin orada joylashgan somon tomli uyga berkinib olishgan. Keyinroq uyga chaqmoq urishi oqibatida 10 bola halok bo‘lgan, yana 4 bola kuyish jarohatlari olgan.
Mahalliy huquq-tartibot idoralarining ta'kidlashicha, Ugandada yomg‘irlar mavsumida bunday hodisalar uchrab turadi. Voqea yuz bergan shaharda chaqmoq qaytaruvchi moslamalar bilan jihozlangan uylar deyarli yo‘q bo‘lgani sababli har yil bir necha kishi, jumladan bolalar chaqmoq urishi qurbonlariga aylanadi.
Mavzuga oid
22:58 / 12.04.2026
Uganda armiyasi rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
21:54 / 31.07.2025
Venetsiyadan Parijgacha bo‘lgan uzunlikdagi mega-yashin dunyodagi eng kattasi deb tan olindi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025