Jahon | 21:54 / 31.07.2025
5094
2 daqiqa o‘qiladi

Venetsiyadan Parijgacha bo‘lgan uzunlikdagi mega-yashin dunyodagi eng kattasi deb tan olindi

Ushbu chaqmoq 2017 yil 22 oktyabrda Sharqiy Texasdan Kanzas-Siti atrofidagi osmonda sodir bo‘lgan.

Foto: Edward Mitchell

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) 829 km uzunlikdagi mega-yashin haqida xabar berdi - bu chaqmoq o‘lchami bo‘yicha yangi rekorddir, deyiladi tashkilot saytida.

«Yangi rekord - 829 km (515 mil) - plyus-minus 8 km xatoga ega. Bu 2020 yil 29 aprelda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 61 km ga uzunroq, shu vaqtda chaqmoq AQSh janubiy shtatlari ustida 768 km (plyus-minus 8 km) masofaga cho‘zilgan edi», deyiladi xabarda.

Ushbu chaqmoq 2017 yil 22 oktyabrda Sharqiy Texasdan Kanzas-Siti atrofidagi osmonda sodir bo‘lgan. Dastlab uning rekord miqdordagi uzunligi sezilmagan va faqat sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni qayta o‘rganish paytida aniqlangan.

WMO chaqmoq uzunligini Venetsiyadan Parijgacha bo‘lgan masofa bilan taqqosladi va bunday ulkan chaqmoqning paydo bo‘lishini mezomasshtabli konvektiv tizimlar zonalaridan birida - Shimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklaridagi o‘ziga xos momaqaldiroq frontlarida paydo bo‘lgani bilan izohladi.

Shuningdek, WMO Yerdagi chaqmoqlarning boshqa rekordlarini ham keltirdi:

- 2020 yilda Urugvay va Shimoliy Argentina ustida momaqaldiroq paytida eng uzoq chaqnash yuz berdi – 17,1 sekund;

- chaqmoq urishi oqibatidagi eng ko‘p qurbonlar soni - 1975 yilda Zimbabveda kulbaga yashin urishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi;

- chaqmoq urishining halokatli oqibatlaridagi qurbonlar soni - 1994 yilda Misrdagi rezervuarlariga chaqmoq urishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi va neft to‘kilishi oqibatida 469 kishi halok bo‘ldi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid