Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida «Agroservis operator» korxonasi tashkil etiladi
Intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlarni aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga “tayyor holda topshirish” yangi mexanizmini joriy etish orqali maqsadli dasturlarni samarali amalga oshirishni ta'minlash mo‘ljallangan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agroservis operator” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida xo‘jalik faoliyati yuritish huquqiga ega “Agroservis operator” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
“Agroservis operator” DUKning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilanadi:
bog‘dorchilik va uzumchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik va investitsiya faoliyatini yuritish;
bog‘ va tokzorlar plantatsiyalarini barpo etishga ilg‘or tajribaga ega salohiyatli va moliyaviy barqaror pudratchi tashkilotlarni tanlov asosida jalb etish;
intensiv texnologiyalar asosida bog‘ va tokzorlar plantatsiyalarini bosqichma-bosqich barpo etish va ularni tayyor holda aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan investsion shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish shartlari asosida topshirish;
bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, shartnoma asosida agrotexnik, yuridik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish va qonun hujjatlariga taqiqlanmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agroservis operator” DUKning muassisi hisoblanadi va uning faoliyati Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
“Agroservis operator” DUK quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
xalqaro va xorijiy moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlarning kreditlari, grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
“Agroservis operator” DUK sof foydasining o‘z ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda, “Agroservis operator” DUK tomonidan barpo etilgan bog‘ va tokzorlarni aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar yangi bog‘ va tokzorlar maydonini kengaytirish uchun sarflanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Agroservis operator” DUK tomonidan yangi bog‘ va tokzorlar barpo etishga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar hamda yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bog‘lar joylashgan yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
22:09 / 03.06.2024
Qishloq xo‘jaligi vazirligi «zararli pomidor» yuzasidan Qozog‘istonga so‘rov yubordi
14:07 / 25.07.2023
“Guruch yetishmovchiligi va narx oshishi haqidagi xabarlar yolg‘on, bizda zaxira yetarli” - QXV
20:29 / 12.11.2021
Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzi narxi 4-5 baravar arzonlashganini aytdi. Ammo narxlar o‘tgan yillardagidan 2-3 barobar yuqori
15:56 / 19.06.2021