Qozog‘istonda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berildi
JSST Qozog‘istonda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinani klinik sinovlariga ruxsat berilgan vaksinalar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 19 ta davlatda ishlab chiqilayotgan 33 vaksina joy olgan.
Vaksinani yaratish ustida ish olib borilayotgan davlatlar orasida Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Belgiya, Shvetsiya, Singapur, Italiya, Avstraliya, Tayvan, Kuba, Fransiya, Avstriya va Kanada bor.
Ta'kidlanishicha, Qozog‘istonning faolsizlashtirilgan virusli vaksinasi klinik sinovlarning 1/2-bosqichidan o‘tmoqda.
Vaksina Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligi fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Turli ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda koronavirusga qarshi 170 tadan 218 tagacha vaksina ishlab chiqilmoqda. JSST vakillari bu vaksinalar ichida AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti ishlab chiqayotgan vaksinani eng istiqbolli deb atashmoqda.
11 avgustda koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. Rossiyaning N.Gamaleya nomidagi markazi ishlab chiqqan ushbu vaksina klinik sinovlari yakunlanmasdan ro‘yxtdan o‘tkazilgan. JSST vaksinaning bunday tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishiga shubha bilan qaramoqda va uni dunyoga tavsiya qilish uchun u haqida ko‘proq ma'lumot kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024