Qozoğistonning Manğistov viloyatida sönggi uç haftada Kaspiy dengizi qirğoğidan mingdan ortiq tyulenlarning jasadi topildi, deb xabar bermoqda KTK telekanali.

Dastlab ular Tupqaroğon tumanidan topilgan. Hozir jasadlarni Qoraqiyon tumani va Oqtov şahri çegarasidan ham yiğib olişmoqda. Hozirga qadar 1034 ta individning ölimi hujjatlaştirilgan. Hodisaning aniq sababi noma’lum. Baliq nazorati inspeksiyasi ayrim hayvonlar brakonerlik törlariga öralgan holda topilganini ta’kidlamoqda, ammo törlarni ommaviy ölimning asosiy sababi deb bölmaydi.

“Gidrobiologiya va ekologiya instituti” direktori Mirgaliy Baymukanov mutaxassislar birinçi marta bunçalik köp tyulen jasadlarini qayd etişganini aytdi.

“Ölik hayvonlarning qirğoqqa çiqişi töxtamasligi mumkin. Bu ğarbiy şamollar bilan boğliq”, — dedi u. Baymukanov tyulenlar ölimining sababini aytiş qiyin ekani, buning uçun köplab mutaxassislar jalb qilinişi kerakligini ta’kidladi: “Bu qandaydir ifloslantiruvçi çiqindilar, seysmik faollik körinişidagi tabiiy ofatlar bölişi mumkin, ya’ni geologlar öz sözini aytişi kerak. Hayvonlarda ölimga olib kelişi mumkin bölgan viruslar bor-yöqligini aniqlaydigan virusologlarning xulosasi ham zarur”.

Uning sözlariga köra, har bir individning ölimi populyatsiya uçun katta zarar keltiradi. “Bizdagi ma’lumotlarga köra, 30-50 yilgaça umr köradigan tyulenlar juda kam uçraydi. Populyatsiyaning köpayişida muhim rol öynaydigan örta yoşli zotlar nobud bölmoqda. Tyulenlar şu yoşida halok bölsa, bu yöqotiş örnini töldirib bölmasligi mumkin”, — deb xulosa qildi Baymukanov.

Kaspiy tyuleni Qozoğiston Qizil kitobiga kiritilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, hozirgi vaqtda Kaspiy dengizining Qozoğiston sektori akvatoriyasida 240 mingdan ortiq individ yaşaydi. Bu hayvonlarning ommaviy qirilişi deyarli har yili kuzatiladi. Mutaxassislar buning ehtimoliy sabablari sifatida kemalar qatnovi, dengizning ifloslanişi, mikroplastik va baliq ovlaş törlarini körsatmoqda. Tyulenlar törlarga öralib qolib, jarohatlanadi.