Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ishlash uchun fuqarolarning navbatdagi guruhi jo‘nab ketdi
O‘zbekistonlik 287 nafar fuqaro Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi.
Vatandoshlar 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obektlarida ish boshlaydi, deb ma'lum qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
«Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta'minlanishi, shuningdek, oylik ish haqi o‘rtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Federatsiyasi ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta'minlash maqsadida muzokaralar o‘tkazilib, Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida 4 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan, ularga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ayni paytda ishlash istagidagi fuqarolar zavod qurilishi uchun bosqichma-bosqich jo‘natilmoqda.
Bu zavod qurilishida ishlash uchun 31 iyulda 144 nafar, 12 avgustda 84 nafar fuqaro ham tashkillashtirilgan holda yuborilgan edi.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
11:07 / 15.01.2026
🔴 LIVE: Rossiya ortiq variant emas: mehnat muhojirlari nima qiladi?
21:57 / 19.12.2025
“Ksenofobiya Rossiyaning fundamental muammosi” – Moskvadagi fojianing sabablari haqida suhbat
10:55 / 09.10.2025